2, St, Farab, Tashkent, Uzbekistan

info@tma.uz

(+99878)-150-78-25

Hours: Mon – Fri 9:00am to 18:00pm

Toshkent Davlat tibbiyot universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tibbiyot akademiyasi professori, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi tibbiy-texnika fanlari akademigi Omonturdi Mirtazayevning porloq xotirasiga bag’ishlangan tadbir

Omonturdi Mirtazayev 1948 yili Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tug’ilgan.  1971 yili Toshkent Davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, 1971-1973 yillarda epidemiologiya kafedrasida stajor-tadqiqotchi, 1973 – 1976 yillarda shu kafedraning aspiranti bo’lgan. 1976 – 1990 yillarda epidemiologiya kafedrasida assistent va katta o‘qituvchi, 1991 yildan Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti epidemiologiya kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlagan.Omonturdi Mirtazayev tomonidan 400 dan ortiq ilmiy ishlar, 6 ta darslik, 4 ta monografiya, vrachlar va talabalar uchun 15 ta qo‘llanma, 40 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va test topshiriqlari to‘plami, 10 ta broshyura chop etilgan. O‘z sohasining mutaxassisi sifatida ular pedagogik faoliyatni ilmiy va amaliy ish bilan birlashtirgan, TTAning tibbiy-profilaktika fakulteti dekani, Respublika Markaziy Komissiyasining a’zosi sifatida ko‘plab tashkiliy ishlarni olib bordilar. 2015 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Bosh murabbiyi sifatida ko‘p yillar faoliyat yuritdilar.1992-yili  O.Mirtazayev epidemiologiya kafedrasi bo‘yicha dotsent, 1998-yili esa professor ilmiy unvoni berildi. 2008-yili O.M.Mirtazayev Rossiya tibbiy-texnika fanlar akademiyasining muxbir a’zosi etib saylandi. Professor O.M.Mirtazayev O‘zbekiston Respublikasi epidemiologlar uyushmasi raisi,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Hay’ati eksperti, Davlat Test Markazida xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha ekspert hay’ati a’zosi, so‘nggi sanitariya-epidemiologiya sohasidagi vrachlarga malakaviy toifa berish bo‘yicha Respublika Attestatsiya Hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib borganlar.

 

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

More Articles & Posts