2, St, Farab, Tashkent, Uzbekistan

info@tma.uz

(+99878)-150-78-25

Hours: Mon – Fri 9:00am to 18:00pm

Join us out into the world

Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyiga xush kelibsiz

About Us

Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyi haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi 261-son qaroriga muvofiq muzeylarda xizmatlar faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori ijrosini ta’minlash, muzeylarda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash, muzeylarda oʻzbek xalqi tarixi, birinchi va ikkinchi renneseans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalar yaratish, muzey toʻplamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targʻib qilish maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tarixi muzeyi tashkil etilgan. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tarixi muzeyi kirish qismi va 6 ta ekspozitsiya bo‘limlaridan iborat. TTA ning 100 yillikdan ortiq bo’lgan shonli tarixi va yangi  O‘zbekiston sharoitida keyingi yillarda tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Muzey bosh o’quv binoning 2-qavatida joylashgan va muzeyning maydoni 400 m2. Muzeyning kirish qismida lotin tilida XVI asrda nashr etilgan “Tib qonunlari” kitobida Ibn Sino Galen va Gippokrat o‘rtasida toj kiygan holda taxtda o‘tirgani tasvirlangan.

1-ekspozitsiya kompleksi “O‘zbekiston tabobati tarixi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘rta Osiyo xususan, O‘zbekiston hududida qadimgi davrdan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan tarixiy davrda xalq tabobatining shakllanishi, birinchi va ikkinchi renesseans davrida tabobat ilmi va o‘zbek xonliklari davrida tibbiyot sohasi to‘g‘risida ma’lumot berilgan, xususan stand ekspozitsiyasida Abu Bakr Ar-Roziy, Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosi hamda Abu Rayhon Beruniy rahbarlik qilgan Ma’mun akademiyasining mashhur hakimlari, shuningdek Temuriylar davridagi taniqli adiblar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

 2-ekspozitsiya kompleksi Toshkent tibbiyot institutining tashkil etilishi va rivojlanish bosqichlari” deb nomlangan 4 ta mavzuiy bo‘limlaridan iborat. Mavzuiy bo‘limlarda tarixiy izchillikdan Toshkent tibbiyot akademiyasining tashkil etilishi va 1919-1991-yillarda tibbiyot kadrlarni tayyorlash bo‘yicha faoliyati namoyish etilgan, xususan Toshkent Tibbiyot oliy maktabi va Turkiston davlat universiteti tibbiyot fakultetining tashkil etilishi, birinchi tashkilotlari va ilk bitiruvchilari, 1931-yildan O’rta Osiyo tibbiyot instituti 1935-yildan Toshkent davlat tibbiyot instituti faoliyatini aks ettiruvchi tarixiy hujjatlar, matnli va foto, video ma’lumotlari namoyish etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston qahramoni Sharof Rashidov 1972-yilda “Shifokorlar shaharchasi” qurilishiga tamal toshini qo‘yayotgan jarayon haqida ham ma’lumotlar berilgan.

3-ekspozitsiya kompleksi “Toshkent davlat tibbiyot instituti mustaqillik yillarida” deb nomlangan  mustaqilligimizning ilk yilllarida birinchi va ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot akademiyasini tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Akademiyaning fakultet va kafedralarining kundalik hayoti, o‘quv, o‘quv uslubiy ilmiy tadqiqot davolash va ma’naviy ma’rifiy ishlari, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va videofilmlar orqali namoyish etilgan. Ushbu bo‘limda akademiya tarixida yetishib chiqqan akademiklar, rektorlar,taniqli olimlar va boshqa mashhur bitiruvchilarga bag’ishlangan ko’rgazma jihozlangan va ularning hayoti va faoliyati to‘g‘risida matnli va fotoma’lumotlar berilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 31-avgust 336-XII-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat tibbiyot instituti I Toshkent davlat tibbiyot instituti va II Toshkent davlat tibbiyot institutiga ajratiladi. Akademik Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich 15 yil (1990-2005) I Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. Professor Karimov Homid Yoqubovich II Toshkent davlat tibbiyot instituti tashkilotchisi va 1990-2004-yillarda rektor lavozimida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-sonli farmoni bilan birinchi va ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot institutlari tugatilib, ularning negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi rektori etib akademik Shavkat Ibragimovich Karimov tayinlangan.

         4-ekspozitsiya kompleksi “Tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tarixi” Ekspozitsiyada har bir yo‘nalish bo‘yicha kafedralarga asos solgan, ularning rivojiga ulkan hissa qo’shgan, o’ziga xos ilmiy maktab yaratgan o‘zlarining fidoiy mehnatlari bilan kafedra va akademiya hayotida o‘chmas iz qoldirgan akademiklar va yirik fan arboblari mashhur professor o‘qituvchilari va bitiruvchilari to‘g‘risida ma’lumotlar kiriladi.

5-ekspozitsiya kompeksi “Yangi O‘zbekiston yangi davr tibbiyot ta’limi “deb nomlangan va 2017-yildan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, bunda yangi O’zbekiston sharoitida Toshkent tibbiyot akademiyasida zamonaviy elektron kutubxona va simulyatsion markaz faoliyat yuritib kelmoqda. Xorijiy davlatlardan rektor va prorektorlarga taqdim etilgan  turli diplomlar va esdalik sovg’alar ko’rgazmasi tashkil etilgan. Shuningdek TTAda bilimli va faol talabalar uchun 30 dan ortiq nomdor stipendiyalar tashkil etilgan. Bugungi kunda 300 dan ortiq talabalar nomdor stipendiyalar olib kelishmoqda.

6-ekspozitsiya kompleksi “Xalqaro hamkorlik va akademiyaning xorijiy tibbiyot oliy o’quv muassasalari hamda Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi” deb nomlangan. Professor o‘qituvchilar va talabalarning xorijiy davlatlarda malaka oshirish, xalqaro konferensiya, forumlar va seminarlar kabi tadbirlarda va turli xalqaro tanlovlardagi ishtiroki to’g’risida ma’lumot berilgan.. Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasida 28 ta xorijiy davlatdan kelib tahsil olayotgan talabarning soni 2000 dan oshdi va yildan yilga xorijiy davlatlar geografiyasi kengaymoqda.

Museum Timing

Monday

Tuesday

Wednesday

Thursday

Friday

9:00am to 18:00pm

9:00am to 18:00pm

9:00am to 18:00pm

9:00am to 18:00pm

9:00am to 18:00pm

Recent News


Our Latest News

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua.